Jadval va kalkulyatorsiz do'kon sotuvlari tahlili

Tushum, foyda va eng ko'p sotiladigan tovarlar har bir sotuvdan avtomatik hisoblanadi. Hisobotni oching — raqamlar tayyor.

Haqiqiy savollarga javob beradigan hisobotlar

Sotuv va foyda

Kunlar, haftalar va oylar bo'yicha buyurtmalar, tushum, foyda, o'rtacha chek va qaytarishlar — oldingi davrga nisbatan o'zgarish bilan.

Eng ko'p sotiladigan tovarlar

So'nggi 7 kunda eng ko'p sotilgan 10 ta tovar va to'lov usullari bo'yicha taqsimot.

Yig'ma hisobotlar

Istalgan davr tovarlar, kategoriyalar, xodimlar, to'lov usullari yoki mijozlar bo'yicha guruhlanadi. Kassa va kassir bo'yicha filtrlar.

ABC va XYZ tahlili

Asosiy tushum keltiradigan va notekis sotiladigan tovarlarni toping — omborda nimani saqlash kerakligini bilasiz.

Hafta kunlari bo'yicha sotuvlar

Haftaning qaysi kunlari eng ko'p sotuv bo'lishini ko'ring va xodimlar hamda yetkazib berishlarni rejalashtiring.

Mijozlar bo'yicha sotuvlar

Qaysi mijozlar eng ko'p xarid qilishini hamda istalgan davrda qancha nasiyaga sotilgani va qaytarilganini ko'ring.

Raqamlar o'zi sizga keladi

Do'kondagi ishlar qanday ketayotganini bilish uchun har soatda tizimga kirish shart emas.

Telegramda kunlik hisobot

Har kuni — kechagi sotuv va qaytarishlar hamda undan oldingi kunga nisbatan o'zgarish. Hisobotni chatingizga ulab beramiz.

Qoldiq va pul boshqaruv panelida

Sotuvlar yonida panel qoldig'ingiz sotuv narxlarida qancha turishini va hisoblaringizda qancha pul borligini ko'rsatadi.

Smena hisobotlari

Kassir smenani yopganda uning sotuvlari, qaytarishlari va to'lov usullari Telegramga keladi.

Ko'p so'raladigan savollar

PUNCT faqat tushumni emas, foydani ham ko'rsatadimi?+
Ha. Foyda har bir tovarning kirim narxidan hisoblanadi, shuning uchun tovar qabul qilishda kirim narxlarini kiriting. Uni faqat administratorlar ko'radi.
Istalgan davr uchun sotuvlarni ko'rsa bo'ladimi?+
Ha. Yig'ma hisobotlar istalgan davr uchun tuziladi, panel esa joriy kun, hafta yoki oyni oldingisi bilan solishtiradi.
Har bir kassirning sotuvlarini ko'rsa bo'ladimi?+
Ha. Yig'ma hisobot sotuvlarni kassirlar yoki sotuvchi-maslahatchilar bo'yicha guruhlaydi, filtrlar orqali esa kassir yoki kassani tanlash mumkin.
Hisobotlarni kim ko'radi?+
Faqat administratorlar. Kassirlar kassada faqat so'nggi 24 soatdagi o'z buyurtmalarini ko'radi — foyda va hisobotlarsiz.

PUNCTning boshqa imkoniyatlari

Jonli ko'rmoqchimisiz?

30 daqiqalik demoga yoziling — PUNCT-ni do'koningiz turiga ko'rsatamiz va barcha savollarga javob beramiz.